Litva, Latviya va Estoniya qurollar va harbiy texnikalar uçun xarajatlarni keskin oşirişni rejalaştirmoqda. Xabarlarga köra, Boltiq dengizi mamlakatlari 2018 yilga kelib, mudofaa byudjyetini 2014 yil bilan taqqoslaganda 3 martaga oşirib, 670 mln dollarga yetkaziş niyatida. Bunga, Rossiyaning Ukraina Qrim yarimorolini qöşib olgani tufayli vujudga kelgan qörquv sabab qilib körsatilayapti, deyiladi IHS Markit sayti xabarida.
Unda aytilişiça, 2020 yilda uşbu uç mamlakatning umumiy mudofaa byudjyeti 2,1 milliard dollarga yetadi. Bu esa, ularning NATOga a'zo bölgan vaqtdagi mudofaa byudjyetidan ikki marta ortiq böladi va dunyoning har qanday davlatiga nisbatan yuqori ösiş sur'atini körsatadi.
Estoniya, Latviya va Litva 1940 yilda SSSR tomonidan ikkinçi Jahon uruşi boşlangaç, bosib olingan edi. Biroq, 1991 yilda sobiq Ittifoq parçalangaç, mustaqillikni qölga kiritişgandi. Hozirda, bu davlatlar NATO va YeI a'zolari hisoblanadi.

















