Buyuk Britaniyaning YeI tarkibida "qattiq" çiqişi Yevropa kompaniyalariga Britaniya kompaniyalarga qaraganda 8 mlrd funt sterling qimmatga tuşadi. Times gazetasi Civitas fuqarolik jamiyati tadqiqotlari instituti ma'lumotlariga tayangan holda şu haqda yozmoqda.
Rasmiy Londonning YeIdan "qattiq" çiqişi sababli Britaniya yagona Yevropa bozoridan mahrum böladi. Ammo, şu munosabat bilan Yevropa kompaniyalari yiliga qöşimça 13 mlrd funt bojxona tölovlari tölaşi kerak böladi. Britaniya kompaniyalarining Yevropada savdo qilişi uçun bojxona tölovi miqdori 5,2 milliard funt sterlingga oşadi.
Institutning yozişiça, agar uşbu jarayon "keskin" körinişda amalga oşgudek bölsa, bir yönalişda savdo qiluvçi Britaniyaga eksport bojlari Britaniya kompaniyalari tölaydigan miqdorga tenglaştiriladi.

















