Rossiya prezidenti Vladimir Putin Soçidagi uçraşuvda Krasnodar ölkasi agrarçilarini guruç hosili kuni bilan tabrikladi. Bu haqda 28 oktabrda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
"Hozir uçraşuv oldidan ma'lumotlarni körib çiqdim: oxirgi 20 yil içida mamlakatimizda guruç hosili yiğib oliş 2,5 marta oşgan va asosan bu yerda sizda, Krasnodar ölkasida amalga oşirilayotgan işlab çiqariş hisobiga", deb aytdi Putin.
"Men hozir Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan gaplaşaman. Unga guruç kerak bölsa, biz unga yetkazib berişga tayyorligimizni aytaman", deb qöşimça qildi Putin.
Uçraşuv iştirokçilaridan biri Putinga guruçga narxlarning beqarorligi sababli agrarçilarning eksport salohiyatini oşiriş niyati haqida aytdi. Iştirokçi Putinning guruç asosan qayerlarga eksport qilinişi haqidagi savoliga Suriya, Turkiya va Özbekistonga deb javob berdi.
"Özbekistonga? Bizning guruçdan palov tayyorlasa böladimi?", deb qiziqqan Putin. Bunga javoban guruç işlab çiqaruvçilar Rossiya guruçidan istalgan taom tayyorlaş mumkinligini aytişgan.
Ma'lumotlarga köra, joriy yilda ölkada guruç hosili 1,026 mln tonnani taşkil qilgan, bu esa 2015 yildagidan 9 foizga köproq bölgan.

















