Britaniya soğliqni saqlaş milliy xizmati (NHS) mutaxassislari yilning sovuq mavsumidagi asoratlar bilan kuraşiş uçun hamda soğliğida muammo bölgan kişilarga köproq issiq ovqat iste'mol qilişni tavsiya qilişmoqda. Şu bilan birga, ular keksa kişilarga qalin kiyiniş va turar joydagi haroratni 18 darajadan tuşirmaslikni maslahat berişdi. Bu haqida VVS naşri xabar berdi.
Britaniyadagi uylarda markaziy isitiş tizimi yölga qöyilmagan, aholining aksariyat qismi öz uyidagi harorat rejimini özi belgilaydi. Issiqlik energiyasi tölovlarining qimmatligi tufayli köpçilik, ayniqsa keksalar öz uylaridagi issiqlik haroratini minimal darajada uşlab turişga harakat qilişadi. Bu esa, mutaxassislarning sözlariga köra, soğliqdagi turli muammolarga olib keladi va ba'zi holatlarda erta ölim bilan yakunlanadi.
NHS soviş va kasalliklar bilan boğliq ölim sonini kamaytirişni maqsad qilgan kampaniyani yölga qöydi.
2014-2015 yillarning qiş mavsumida Angliya va Uelsda yoz mavsumiga nisbatan 43,9 mingga köproq kişi hayotdan köz yumdi. Bu 1999 yildan buyon eng yuqori körsatkiç bölib qolmoqda.
Manbaga köra, marhumlarning aksariyati 75 yoşdan oşgan keksa yoşli kişilar bölgan. 36,3 ming ölim holati aynan şu yoş guruhiga töğri kelgan.
Ölimning eng köp tarqalgan sababi - gripp. Statistikaga köra, yurak va öpka kasalliklariga çalingan kişilar ham qiş mavsumida xavf guruhiga kiradi.
Britaniya meteorologlari qişning boşi sovuq kelişidan ogohlantirişmoqda. Ularning taxminlariga köra, bu yilgi qiş sönggi beş yildagi eng sovuq qiş bölişi mumkin ekan.

















