Internet-naşrlarda 14 noyabrda kutilayotgan superoy hodisasi faol muhokama qilinmoqda: uşbu tunda Oy bizning sayyoramizga rekord darajada yaqinlaşadi va bu ajoyib voqeani Özbekiston ahli kuzatişi mumkin.
Superoy - bu tölinoy yoki yangi oyning Yer bilan maksimal darajada yaqinlaşuvi kuzatiladigan astronomik hodisa. Bu hodisa elliptik orbita natijasida sodir böladi, unda Oy bizning sayyoramiz atrofida aylanadi. Mazkur hodisa tufayli Yerdan Oy diskini odatdagidan ança katta hajmda köriş mumkin böladi.
Superoy yoğdusini Özbekiston, Qozoğiston, Xitoy hamda bu davlatlar yaqinidagi mamlakat va şaharlarda kuzatiş mumkin. Bu haqida 1news.uz naşri xabar berdi.
Olimlar yaqinlaşib kelayotgan kosmik hodisani video va fotokameralarga muhrlaşga arzigulik noyob hodisa, deb hisoblaşmoqda.
Manbaga köra, har yili 2-5 marta töliq quyoş tutilişi va 0-2 marta töliq oy tutilişi kuzatiladi. 2016 yilda esa quyoş tutilişi - 2 marta kuzatiladi , oy tutilişi esa - 0. 2016 yilning 14 noyabrida superoy hodisasi Oyning Yerga yaqinlaşuvi bilan deyarli bir vaqtga töğri keladi. Oy yaqinlaşuvi va tölinoy örtasidagi vaqt 3 soatdan kam böladi. Bu noyob hodisa 14 noyabrdan 15 noyabrga ötar keçasi röy beradi. Olimlarning sözlariga köra, superoy hodisasi 14 dekabrda ham kutilmoqda, faqat u bu qadar ajoyib körinişda bölmaydi.

















