Janubiy Koreya hukumati yöl xavfsizligi qoidasini qayta körib çiqiş va orqani köriş yonoynalari örniga kameralardan foydalanişga ruxsat berişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Yonxap» agentligi xabar qilmoqda.

Janubiy Koreya yer, infratuzilmalar va transport vazirligi hisob-kitoblariga köra, orqani körsatuvçi yonoynalarni bekor qiliş havo qarşiligini kamaytiriş hisobiga yoqilğini 10 foizga tejaş imkonini beradi. Bundan taşqari, u avtohalokatlar sonini keskin kamaytiradi. Çunki, haydovçi köra olmaydigan hudud qolmaydi. 

Vazirlik, şuningdek, yonoynalarning bekor qilinişi mahalliy sanoat vakillarining ilğor texnologiyalarni işlab çiqariş va transport vositalari dizaynini yaxşilaşga omil böladi, degan fikrda.