NASA ma'lumotlariga köra, 13 noyabrdan 14 noyabrga ötar keçasi Oy Yerga 1948 yildan beri eng qisqa masofaga yaqinlaşadi. Bu holat Superoy deb ataladi va keyingi bunday ajoyib manzarani faqatgina 2034 yildagina kuzatiş mumkin böladi.
"Samarkandskiy vestnik" naşri tahririyati Samarqand davlat universiteti fizika fakeltuti astronomiya kafedrasi assissenti Şuhrat Egamberdiyevdan bu tabiiy hodisaga izoh berişni söradi.
"Ma'lumki, Oy sayyoramiz atrofida ellipssimon orbita böylab harakat qiladi. Oyning sayyoramizga nisbatan yaqinlaşişi va uzoqlaşişi şu bilan tuşuntiriladi. Yakşanbadan (13 noyab) duşanbaga (14 noyabr) ötar keçasi Oy Yerga maksimal darajada yaqinlaşadi, ya'ni perigeyda joylaşadi. Bunday hodisa oxirgi marta 1948 yilda kuzatilgandi. Biz samarqandlik astronomlar Sattepoda joylaşgan ilmiy-öquv markazida bu hodisani kuzatmoqçimiz. U yerda kuçli GRUBB-PARSONS teleskopi joylaşgan.
Biroq bizning viloyatdagi köpçilik odamlar teleskopsiz ham soat 21:50dan 4:15gaça bu noyob hodisaning guvohi bölişlari mumkin böladi. Oy tongga yaqin Yerga 351722 km gaça yaqinlaşadi. Bu hodisa vaqtida Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foiz yorqinroq böladi.
Hammani tinçlantirib qöya qolay, bu hodisa heç qanday tabiiy özgarişlarga olib kelmaydi. Oy 14 noyabrdan yana bizdan olislaşa boşlaydi", deb tuşuntirdi mutaxassis.

















