Hindiston hukumati yirik banknotalarni muomaladan çiqarib taşlaş haqidagi qaroridan keyin valyuta ayirboşlaş qoidalarini kuçaytirdi. Bundan buyon bir kişi bir vaqtning özida faqat 2 ming rupiygina (taxminan 30 dollar) almaştira oladi, avvallari esa bu körsatkiç 4 ming rupiydan iborat bölgan. Bu haqida VVS naşri xabar berdi.
Ötgan haftada Hindiston boş vaziri köpçilik uçun kutilmaganda korrupsiya bilan kuraşiş çora-tadbirlari doirasida 500 (7 dollar) va 1000 rupiy nominalli banknotalarni muomaladan çiqarib taşlaş qarori haqida ma'lum qilgandi. 500 va 1000 rupiylik banknotalar mamlakatda naqd pul aylanmasining 85 foizini taşkil qiladi.
Ekspertlarning sözlariga köra, Hindistonda "qora pullar" bozori katta. Gap noqonuniy yöl bilan qölga kiritilgan pul vositalari yoki organlardan yaşirilgan soliqlar haqida ketmoqda. Hukumat eng köp qöllanadigan banknotalarni topşirişga majbur qilib, bozor brokerlarini "suv yuzasiga olib çiqmoqçi".
Biroq bu qadam Hindistonning kiçik daromad oluvçi aholisi, şuningdek naqd pul bilan işlaşga örgangan çakana savdo bilan şuğullanuvçilarni qiyin ahvolda qoldirdi.
Hukumat qarori odamlarni vahimaga solib qöydi: ular bankomatlarda naqd pullarni yeçişga şoşilişdi. Natijada hukumat vakillari naqd pul yeçişga çeklov joriy qilişiga töğri keldi. Hindiston aholisiga bir kunda 10 ming, bir haftada esa 24 ming rupiydan (350 dollar) köp bölmagan pulni naqdlaşga ruxsat etildi.
Faqat fermerlar va yoş kelin-kuyovlargagina bundan mustasno. Töyga tayyorgarlik körayotgan oilalarga bittada 250 ming rupiy yeçişga ijozat berilgan.

















