Hindistonning Nabxa deb nomlanuvçi qamoqxonasiga qurollangan önlab odamlar hujum qildi va u yerdan beş nafar mahbusni ozodlikka çiqarib yuborişdi. Bu haqda ANI agentligi xabar bermoqda.
"Nabxa qamoqxonasiga qurolli hujum qilgan ön nafar erkak politsiyaçi kiyimida bölgan. Ular 100 marta öq uzişgan. Voqea joyida politsiya xodimlari işlamoqda, suriştiruv olib borilyapti", — deb xabar bermoqda agentlik Twitter’dagi özining rasmiy sahifasida.
Ma'lumotlarga köra, politsiya va harbiylar mamlakat şimolida joylaşgan Anantnag okrugi, Paxalgam şahrida qidiruv işlarini olib borişmoqda.
















