Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov KVNning 55 yilligi munosabati bilan ötkazilgan yubiley öyinda özining rossiyalik aktyor va şoumen Mixail Galustyan tomonidan taqlid qilinişiga izoh berdi. Qodirovning aytişiça, u bu sahna körinişini Galustyan bilan birga sahnalaştirgan.
Qodirovning ta'kidlaşiça, u ham köplab yuqori martabali şaxslar qatorida Aleksandr Maslyakovning yubileyiga taklif qilingandi, biroq ma'lum sabablarga köra unda iştirok eta olmagan. Şunda Qodirov vaziyatdan çiqişning yölini topdi.
"Biz Mixail Galustyan bilan repetitsiyalar ötkazdik, bir körinişimni tanladik, 2-3 ta imo-işoralarimni takrorladik. Talaffuz bilan hammasi okey böldi! U bu borada usta! Men unga tomoşabinlar u kimni taqlid qilayotganini bilişga urinib, ularni qiynab qöymasligini aytdim. (Hazil!) Zör çiqdi! Maslyakov şimiga qölini artayotgan Galustyanni körmagunça, sahnada Ramzanni qidirdi. Siz buni qanday qabul qildingiz bilmadimu, lekin men mazza qilib kuldim. Kim buni öylab topgan bölsayam, Galustyan lönda, sermazmun böldi va taqlidni bopladi!", deb yozdi Qodirov instagramdagi sahifasida.

"Va yana. Kulgili narsa haqida jiddiyçasiga! Yoki aksinça! AQŞdagi saylovlar haqida köplab maqolalar yozildi. Hamma öz fikrini aytişga urindi. Sözlar köp böldi, biroq fikrlar bölmadi! Mixail Galustyan bu saylovlarga 2-3 ta gap bilan aniq bahoni berdi. AQŞdagi saylovlardan kulgiliroq narsa bölişi ham mumkinmas, dedi u! Pokemonlar haqida ham töğri aytdi! Bu qanday haşarotlar ekanligini bilmaymanu, Çeçenistonda ular aniq yöq! Barça KVNçilarga esa pul va maşinalar tilab qolaman! Yöqsa ular bilan hazillar yomon tugaydi", deb qöşimça qildi Qodirov.
Eslatib ötamiz, 27 noyabrda KVNning yubiley soni bölib ötdi. Uning davomida Galustyan Ramzan Qodirovga taqlidiy sahna körinişini ijro etdi. Şundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi foydalanuvçilar Galustyanning bu hajviy taqlididan keyin "uning salomatligi borasida xavotir bildirişgan".

















