Özbekistonning yalpi içki mahsulotida oxirgi vaqtda inqiroz tufayli xorijiy pul ötkazmalari uluşi 5 foizdan oşmayapti, deb ma'lum qildi Özbekiston iqtisodiyot vaziri örinbosari Şuhrat Ismoilov matbuot-anjumanida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men buni asosiy taşkil etuvçi körsatkiç deb ayta olmayman, u YaIMning 5 foizidan oşmayapti", deb aytdi Ismoilov hozirda mamlakat iqtisodiyotida xorijdan mehnat muhojirlari yuborayotgan pul ötkazmalari qanday uluşni taşkil qilayotgani haqidagi savolga javoban.
Ismoilovning aytişiça, oxirgi vaqtda bu uluş boşqa davlatlardagi inqirozli vaziyatlar sababli qisqarmoqda, biroq Özbekiston hukumati bu salbiy jihatni yöqqa çiqarişga urinmoqda. "Bu holatning iqtisodiyot ahvoliga salbiy ta'siri mavjud. Bunday salbiy ta'sirlarni yengib ötiş maqsadida Özbekistonda aholini, birinçi navbatda ortga qaytayotgan va bu yerda – Özbekistonda iş izlaşga majbur bölayotgan mehnat muhojirlarini bandlik bilan ta'minlaş böyiça dastur qabul qilingan. Har yili bu dastur böyiça Özbekistonda 200-300 ming yangi iş örni taşkil etiladi", deb aytdi Ismoilov.
Özbekistonga valyuta kelişining kamayişi iqtisodiyotning eksportga qaratilgan tarmoqlarini rivojlantiriş evaziga qoplanmoqda.
"Pul ötkazmalari nuqtai nazaridan, pul ötkazmalari hajmining qisqarişiga qaramasdan, şu jumladan Rossiyadan, biz qandaydir salbiy effektlarni, birinçi navbatda, eksport oşayotgani sababli kuzatmayapmiz. Özbekiston eksporti hajmi ijobiy trendga ega", deb ta'kidlab ötdi Ismoilov.
Ismoilov şuningdek yangi işlab çiqarişlar, iş örinlari yaratiş böyiça çoralar bu jarayonni tekislaşga imkon berişini qöşimça qilib ötdi.

















