Hayotda ba'zan şunday voqealar, nohaqliklar bölib turadiki, qanday çora qöllaş, nima qiliş borasida insonning boşi qotadi. Ana şunday voqealardan birida, umri poyoniga yetib borayotgan kişi uçun qabristonda joy topilmasa, mahalla qömitasi esa heç qanday yordam bermasa, qarindoşlardan esa, dafn uçun katta pul söraşsa...Nuz.uz saytida hayotiy voqea asosida şular haqida fikr yuritilgan. 
 
Toşkentliklar Jumanovlar oilasidagi musibat haqida ijtimoiy tarmoqlardan xabar topişdi. Sobiq 16-şahar şifoxonasi (hozirgi Respublika tez tibbiy yordam markazi)da 69 yoşli Abdulla Nazaroviçning vafot etayotgani haqidagi e'lonni uning qöşnisi joylaştirdi. Qöşni ayol oilaning dafn uçun puli qolmagani, borini ham davolaş uçun sarflagani, ammo bu sa'y-harakatlar besamar ketganini ta'kidlagan. 

«Abdulla akaning qizi mendan qarz söraşga keldi. Ma'lum bölişiça, otasini dafn etişlari uçun ularning puli qolmagan. Şifokorlar esa, bemorni sun'iy nafas oldiriş uskunasidan uzişlari kerak edi. Abdulla aka uçinçi insultni boşidan keçirdi va şifoxonadagilar heç qanday umid qolmaganini aytişgan. Qizining sözlariga köra, mahalladagilar yordam berişdan boş tortgan, qabristonda esa joy uçun 500 ming, qabr qaziş uçun 500 ming söraşgan», - deya hikoya qilgan qöşni ayol. 

Şundan söng, qöşni ayol insonlarning yordamga şoşilişlariga va yaxşi odamlar köpligiga işongan holda Facebook tarmoğida e'lon berişga qaror qilgan. Va u xato qilmaganini tezda tuşunib yetdi. Birinçi kunning özidyoq, keragidan 3 barobar köp mablağ töplandi. 

«Biz 1 mln töplaşni rejalaştirgan edik, 3 mln töplandi. Töğrisini aytganda, biz bor-yöği 12 soat içida bunça mablağ yiğilişini kutmagandik. Bizning xalqimiz şunçalik mehrli xalqki, hamon qönğiroq qilib, nima yordam kerakligini sörab turişibdi», - degan pul yiğiş kampaniyasi iştirokçilaridan biri. 

Faollarning hikoya qilişiça, Jumanovlar oilasi, özlariga keragidan ortiğini rad etişgan. Abdulla akaning qizi Yevgeniya otasini dafn qiliş uçun kerak bölgan mablağni olgan, xolos. Şundan söng, köngillilar, qolgan pullarni muhtoj oilalarga Yangi yil bayramini munosib kutib olişlari uçun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilişga sarflaşadigan bölişdi. 

Şuni ham ta'kidlaş joizki, deb yozadi maqola muallifi, meni hayron qoldirgan jihati musibatning özigina ham emas, balki mahalla va Yunusobod tumani musulmonlar qabristoni ma'muriyatining bunga munosabati böldi. Qabriston xodimlari aniq mablağni bevosita talab qilişgan. Bundan kelib çiqadigan xulosa şuki, pul yöqmi, demak boşqa yerda dafn qiliş lozim.