Tojikiston taşqi işlar vaziri Sirojiddin Aslov YeXHT TIVKning 23-majlisida Duşanbening kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan qaraşini bildirdi. Bu haqda, TIV axborot departamenti xabar qilgan.
«Sirojiddin Aslov YeXHT iştirokçi davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining diqqatini taşkilot va uning safidagi ayrim mamlakatlarning ba'zi qaraşlarida ikki xil standart mavjudligiga e'tiborni qaratgan», — deyiladi xabarda.
Tojikiston taşqi işlar vaziri YeXHTni isloh qiliş masalasi böyiça ham fikrini bildirgan. Şu bilan birga, Taşkilotga a'zo davlatlarning terrorizm, giyohvand moddalar va qurol-yaroğlarning noqonuniy savdosi, Afğonistondagi xavfsizlikni mustahkamlaş böyiça birgalikda çoralar köriş zarurligini ta'kidlagan.
Eslatib ötamiz, Germaniyaning Hamburg şahrida 8-9 dekabr kunlari YeXHT TIVKning 23-majlisi bölib ötdi. Unda, Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya ham qatnaşdi.

















