Janubiy Amerika bozori uçun işlab çiqilgan avtomobillarning xavfsizlik darajasini aniqlovçi Latin NCAP taşkiloti Nissan Murano kraş-testining natijasini e'lon qildi. Unga köra, Yaponiya krossoveri 5 yulduzdan ikkitasini töplay olgan. U old töqnaşuv sinovidan öta olmagan.
Latin NCAP taşkiloti old töqnaşuv uslubi Yevropa qömitasiniki (Euro NCAP) bilan bir xildir. Bu sinalayotgan avtomobilning maxsus tösinga soatiga 64 km tezlikda kelib urilişini anglatadi. Taşkilot uşbu test çoğida Nissan Murano konstruksiyasining jiddiy talofatini qayd etgan. Bundan taşqari, haydovçining hayoti, ayniqsa uning kökrak va oyoq sohasi uçun katta xavf yuzaga kelişini aniqlaşgan. Şu bilan birga, old yölovçi ham yaxşi himoyalanmasligi ma'lum bölgan. Manekenning tizza qismi jiddiy zararlangan.
Krossover boşqa sinovlarda yaxşi natija qayd etganiga qaramay, old töqnaşuvga oid salbiy körsatkiç yakuniy xulosaga ta'sir etgan.
2015 yil bahorida uşbu model AQŞ yöllarida xavfsizlik suğurta instituti – IIHS kraş-testidan ötgan va mumkin bölgan eng yuqori ball – Top Safery Pick+ bilan taqdirlangan edi. Ta'kidlaş joizki, Şimoliy va Janubiy Amerika bozoriga yetkazib beriladigan Murano Missisipi ştatidagi Nissan zavodida yiğiladi.

















