Ma'lum bir maşinaning me'yoriy kraş-test doirasida yöl-transport hodisasi sun'iy ravişda keltirib çiqariladi. Bunda maşina soatiga 64,34 km tezlikda markazi biroz çetlaştirilgan holatda beton tösiqqa kelib uriladi. Yoki tösiq soatiga 50 km tezlikda maşinaning haydovçi ötirgan tomoniga kelib uriladi. Ba'zan past yoki örta tezliklarda orqadan kelib uriliş holatlari ham sinab köriladi. 

Olingan natijalar iste'mol sifatiga ta'sir körsatadi va haydovçida xavfsizlik borasida xomxayolni şakllantiradi. Biroq, hayotda IIHS tasnifi böyiça 5 yulduzli maşinalarning daraxtga kelib urilganda parçalanib yotganiga guvoh böliş mumkin. Avtomobilning oldinda ketayotgan tirkama ostiga kirib ketişi deyarli doimo ölim bilan yakunlanadi. Şunga qaramay, aytiş joizki,sönggi bir neça ön yillar davomida ötkazib kelinayotgan  avtomobil halokatlariga doir testlar YTHlarda jarohatlar oliş sonini kamaytirişga xizmat qilmoqda. Quyida şu testlar orasida eng dahşatli natija körsatgan 8 ta sinovdan xabardor bölişingiz mumkin. 

Yirik avtomobil kiçigiga qarşi

Odatda avtomobil qança yirik bölsa kiçik maşina bilan töqnaşuvda ustun keladi, degan tasavvur hosil böladi. Har holda 40 yillar avval şunday bölgan. 1971 yilda suratga olingan filmni köriş kifoya qiladi. Ammo, kiçik hajmli maşinalar öşandan boşlab mustahkamroq böla boşladi. Natijada köplab xavfsizlik yostiqçalari bilan jihozlangan kiçik maşinalar yölovçilariga jiddiy avtofalokatlarda tirik qoliş imkonini beradi. Buni «F-150 vs Civic» kraş-testida ham köriş mumkin.

Şunga qaramay, ta'kidlaş lozim, inersiya qoidasini heç kim bekor qilgani yöq. Şu boisdan ham yirikroq avtomobilda soğ qoliş ehtimoli katta.

Portlovçi maşina

1971-1978 yillarda işlab çiqilgan Ford Pinto mitti avtomobili portlovçi maşina deb ataşgan. Kraş-testlar natijasi şuni körsatganki, avtomobil ortidan kelib urilgan maşina yölovçilarining ham tirik qoliş imkoni kam bölgan. Amerikada «Woe the Pinto» ya'ni «Pinto qayğusi» deb atalgan jarayon avtomobilsozlikda haddan ortiq arzonçilik ortidan quviş juda xavfli ekanini isbotlaydi. Muhandislar 2 ming dollar atrofidagi avtomobilni işlab çiqarişni maqsad qilişdi. Imkoni bor barça narsada iqtisod qilişdi. Natijada yoqilği idişi orqa öq ustiga joylaşib qoldi. Aslida kompaniya maşinaga orqadan kelib urilgan taqdirda ham portlaş yuz berişi mumkinligini bilgan. Ammo, hisob-kitoblar şuni körsatganki, har bir maşinani 11 dollarga qimmatroq sotgandan köra, ehtimoliy eng yirik tovon puli tölaş arzonroq bölgan. 1978 yilgaça hammasi joyida edi. Öşa yili Amerika harakatlaniş xavfsizligi milliy boşqarmasi Ford Pinto kraş-testiiga doir filmni namoyiş qilganidan söng hammasi aksinça avj ola boşladi.