Xitoyda kinoteatrlar soni 40,9 mingdan oşib ketdi. Bu haqda Xitoy matbuot, radioeşittiriş, kinematografiya va televideniye işlari boş boşqarmasida ma'lum qilindi. Xitoyda şu tariqa bu reytingda 40 759 kinoteatr bilan yetakçilik qilayotgan AQŞdan 158 taga köproq kinoteatr bor bölib çiqdi.
Rasmiy statistikaga köra, Xitoyda oxirgi yilda kuniga 26 ta yangi kinozal paydo bölgan, ya'ni bu 2015 yildagidan örtaça 18 foizga köproqni taşkil qilgan. Mahalliy şarhlovçilarning ta'kidlaşiça, bu holat Xitoy aholisi moddiy farovonligi uzluksiz oşayotgani hamda Xitoyda iste'molçilik jamiyati şakllanayotgani bilan tuşuntirilmoqda.
Filmlarning 3D-versiyalarini köriş uçun möljallangan kinoteatrlar soni ham oşmoqda, ularga Xitoydagi kinoprokat muassasalarining umumiy sonining 85 foizi töğri keladi. Xitoyning zamonaviy tomoşabinida Gollivudning yangi filmlari, köplab Janubiy Koreya filmlari katta qiziqiş uyğotadi.
Xitoyning matbuot, radioeşittiriş, kinematografiya va televideniye işlari böyiça boş boşqarmasi vakilining aytişiça, 12-beş yillik boşlangandan beri bozorning bu segmenti katta investitsiyalar jalb qilgan holda juda jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
"Ehtimol, bu oxirgi vaqtda sarmoya kiritişning eng istiqbolli yönalişilaridan biri bölsa kerak", deb aytdi amaldor.
Mavjud ma'lumotlarga köra, Xitoyda keng omma uçun kino namoyiş qilişni birinçi bölib 1896 yilda Şanxayda yaşagan fransiyalik tadbirkor yölga qöygan.

















