Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Yangi yil arafasida Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kuçma bilan özaro sovğalar almaşdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Lukaşenko Ukrainaning 2-prezidentiga 2017 yil ramzi bölgan xörozning yumşoq öyinçoğini taqdim qildi. Kuçma esa öz navbatida Lukaşenkoga italyan mutafakkiri Nikkolo Makiavellining asarlari töplamini taqdim qildi.
Lukaşenko va Kuçma Belarus-Ukraina aloqalarining joriy holati va rivojlaniş istiqbollarini, Ukrainadagi vaziyatni hal qiliş böyiça uç tomonlama kontakt guruhining işini muhokama qilişdi.
"Men uçun suhbatlaşiş doimo katta şaraf. Odamlar hayot davom etayotganini bilsinlar", deb aytgan Kuçma.
Bunga Lukaşenko "Ha va döst bölib qolganimizni ham", deb javob bergan.
Belarus va Ukraina 27 dekabrda diplomatik aloqalarni örnatişganining 25 yilligini nişonlaydilar.

















