Amerikaning Forbes jurnali 2017 yilda hordiq çiqariş uçun eng arzon bölgan mamlakatlar röyxatini e'lon qildi. Unda 21 davlat nomi tilga olingan.
Birinçi örinni Şimoliy Vetnam egalladi. U yerdagi xususiy sektorda yaşaş uçun bir keçaga örtaça 10-15 dollar, taom uçun esa 0,5-2 dollar sarflanadi. Jamoatçilik transportiga ketadigan mablağni tejaş maqsadida ijaraga mototsikl oliş tavsiya etiladi.

Qirğiziston uşbu röyxatda ikkinçi örinni band etdi. Jurnalning fikriça, çeklangan mablağga ega sayyohlar uçun mamlakat eng munosib hisoblanadi. Xususiy sektorda istiqomat qiliş bir keça uçun 15 dollarga, ovqatlaniş esa 2 dollarga aylanadi.

Röyxatga, şuningdek, Lissabon (Portugaliya), Seul (Janubiy Koreya), Buxarest (Ruminiya), Keyp-Poynt (Janubiy Afrika), Krit (Gretsiya), Palavan (Filippin), Berli Xeds (Kvinslend, Avstraliya), Portu (Portugaliya) ham kiritilgan.