2016-yilning 28-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Ahmet Başar Şenni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy sayti xabar bergan.

Vazir elçining işonç yorliqlari nusxasini qabul qildi. 

Muloqot davomida hozirgi paytda Özbekiston va Turkiya örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda an'anaviy döstlik va şerikçilikka asoslangan hamkorlikni rivojlantirişga imkon beradigan konstruktiv va oçiq munosabat örnatilganligi qayd etildi. 

2016-yilning 17-18-noyabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan oliy darajadagi Özbekiston-Turkiya uçraşuvining muvaffaqiyatli yakunlari buning yana bir bor isbotidir. Şu nuqtayi nazardan erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga doir aniq masalalar muhokama qilindi.

Uçraşuvda bölajak ikki tomonlama aloqalar, jumladan vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarni ötkaziş vaqtlari va mazmuni yuzasidan fikr almaşildi.