2016-yilning 27-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga taşrif buyurgan hamda tarkibida Afğoniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar böyiça katta maslahatçisi Humayun Qayumi va Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantiriş böyiça maxsus vakili Muhammad Şokir Korgar bölgan delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Uçraşuvda avval bölib ötgan oliy darajadagi va boşqa ikki tomonlama muzokaralar çoğida erişilgan kelişuvlar doirasida Özbekiston-Afğoniston hamkorligini yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari yuzasidan batafsil fikr almaşildi. Afğoniston rahbarining vakillari ikki mamlakat iqtisodiyotining yetakçi sektorlari rahbarlari iştirok etgan va Toşkent şahrida öz işini nihoyasiga yetkazgan Savdo, transport va energetika böyiça Özbekiston-Afğoniston hukumatlararo komissiyasining ikkinçi majlisi yakunlari böyiça taasurotlarini sözlab berdi.
Ta'kidlanganidek, mazkur tadbir qöşma faoliyatning, jumladan savdo, transport, energetika, qişloq xöjaligi sohalaridagi va özaro manfaatli infratuzilma loyihalarini amalga oşirişdagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini muhokama qilişga imkon berdi.
Muloqot davomida 2017-yilda bölajak uçraşuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

















