AQŞ fuqarosi Yakob Raak 2017 yilning 1 yanvariga ötar keçasi Istanbuldagi Reina klubida sodir etilgan terakt davomida jarohat oldi, lekin unga qarata otilgan öq mobil telefoniga tegib, arteriyani çetlab ötgani tufayli omon qoldi. CNN Turk naşri şu haqida xabar berdi. 

Raak Istanbulga döstlari bilan 35 yoşligini nişonlaşga kelgan bölgan. Terrorçining hujumi davomida u oyoq qismining ikki joyidan jarohat olgan. Biroq şifokorlarning sözlariga köra, ikkinçi öq Raakning çöntagidagi mobil telefonga tekkani uçungina arteriyagaça yetib bormagan. Raak klubdan töğri mahalliy şifoxonaga olib ketilgan. 

"Dahşatli fojia. Sizning yurtingiz ajoyib, lekin afsuski, mana şunday dahşatli teraktlarni sodir etuvçi kişilar bor", - deya yozdi Raak şifoxonadan. 

1 yanvarga ötar keçasi Reina klubiga uyuştirilgan qurolli hujum natijasida Istanbulda 39 nafar kişi halok böldi, 69 nafari esa şifoxonaga yetkazildi.