Tahririyatimizga Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro şikoyat bilan murojaat qildi.
Uning sözlariga köra, tuman hududida joylaşgan Yorqişloqdagi Marvarid köçasida aholi içimlik suvi oladigan quduq bir oydan beri işlamayotgan ekan. Aholi qöşni tuman bilan çegaradoş bölgan Töraboddan suv taşib kelişga majbur. Suhbatdoşimizning ma'lum qilişiça, u yerga boriş uçun 1-2 kilometrlik yölni bosib ötiş kerak ekan.
Fuqaro ayni damda 1000 dan ortiq inson suv tanqisligiga duç kelayotganini aytib ötdi.
Şuningdek, odamlarning muammosini tezroq hal qilib beriş örniga viloyat “Suvoqava” taşkiloti 1500 sömlik tarif pullarini yiğiş bilan ovora. Şuni alohida ta'kidlab ötiş lozimki, mamlakat poytaxti Toşkent şahrida köçada joylaşgan quvurdan suv oliş uçun 402 sömlik tarif belgilangan. Öz-özidan savol kelib çiqadi: nima uçun poytaxtda 400 söm-ku, Andijonda 1500 söm?

Bundan taşqari, şikoyat bilan murojaat qilgan fuqaroning aytişiça, Marvarid köçasidagi buloqqa şunça yillardan beri aholining özi qaragan, mutasaddi taşkilot buning uçun örnidan qözğalib ham qöymagan. Faqatgina suratda köriş mumkin bölgan “Suv” degan sözni ohak bilan yozib ketişganini hisobga olmaganda... Mahalla komissiyasi esa yaraning ustiga tuz sepgandek kelib, qöşimça pul yiğilişini bildirgan. Ular bu pullarga maxsus kran olib kelişini rökaç qilişgan. Vaholanki biz bilan aloqaga çiqqan fuqaroning bildirişiça, Sobiq Ittifoq paytida örnatilgan quvurlar şunça yillardan beri ta'mirlanmagani tufayli zanglab ketgan. Uni kran orqali olişda uning yorilib ketişi ehtimoli juda katta. Bu esa aholiga yana qöşimça mablağ yuklanişiga sabab böladi.
Kun.uz sayti şu masala yuzasidan Jalaquduq tumani hokimligi bilan boğlandi. U yerda biz bilan muloqotga çiqqan tuman hokimi örinbosari muammolar qisman borligini tan oldi. Uning sözlariga qaraganda, tumanning 65 foiz aholisi suv bilan töliq ta'minlangan ekan. Şuningdek, amaldor suv tanqisligidan aziyat çekayotgan Yorqişloqqa va umuman bunday muammoga duç kelgan aholiga uşbu masala yuzasidan amaliy kömak beriş maqsadida 910 million söm mablağ ajratilganini ham eslatib ötdi.
Amaldorning aytişiça, ayni damda bu yerga Qambarotadagi buloq suvi quvur orqali tortib kelinayotgan ekan. Şuningdek, biz undan aholidan olinayotgan 1500 sömlik tarif haqida söraganimizda, u bunday narxlar viloyat hokimligi tomonidan belgilab berilganini aytdi.























