Şaxsiy moliyalarni boşqariş haqidagi sayt WalletHub köçib ötiş va işlaş uçun AQŞning eng yaxşi va eng yomon şaharlarini aniqlaş böyiça ötkazilgan tadqiqot natijalarini çop etdi. Reyting işçilarga talabning ösişi, örtaça iş haqi darajasi va boşqa körsatkiçlar haqidagi ma'lumotlar asosida tuzilgan.
Hammasi bölib reyting tuzilişida 23 ta körsatkiç hisobga olindi. Tadqiqotda AQŞning 150 ta eng aholisi köp şaharlari iştirok etdi. 2017 yilda iş topiş uçun eng qulay şahar Arizona ştatidagi Skottsdeyl böldi, u bandlikning eng katta ösişi va bir oilaga töğri keladigan eng yuqori örtaça daromadni körsatdi.
Quyida uşbu şaharlar röyxati keltirilgan.
Skottsdeyl, Arizona. Işlaş uçun imkoniyatlar reytingida 22-örin. Bandlik ösişi: 3,29%. Bir oilaga örtaça daromad: 76,4 ming dollar
Plano, Texas. 29-örin, -0,11%, 83 ming dollar
Orlando, Florida. 1, -1,27%, 43 ming dollar
Su-Fols, Janubiy Dakota. 27, %1,58, 56 ming dollar.
San-Frantsisko, Kaliforniya. 19, 2,43%, 46 ming dollar.
Ranço-Kukamonga, Kaliforniya. 89, 5,67%, 58 ming dollar.
Çandler, Arizona. 66, -0,02%, 76 ming dollar.
Solt-Leyk-Siti, Yuta. 2, 2,89%, 49 ming dollar.
Tempe, Arizona. 32, %2,84, 51 ming dollar.
Roli, Şimoliy Karolina. 34, %0,92, 61 ming dollar.
2017 yilda işlaş uçun eng yomon şahar Detroyt böldi. Şuningdek, eng kam ballarni Fresno, Beykersfild, Nyu-Ark, Buffalo va Klivlend şaharlari olgan.

















