Özbekiston Respublikasi ölçaş vositalari davlat reyestrida yangi turdagi issiq va sovuq suv hisoblagiçlari röyxatga olindi. Bu haqda Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“TOSHKENT-ZENNER” MÇJ tomonidan işlab çiqarilgan YeTK, YeTW, MTK, MTW, MTHI turdagi issiq va sovuq suv hisoblagiçlari 01.189-16 va 01.190-16-son bilan Özbekiston Respublikasi ölçaş vositalari davlat reyestrida röyxatga olindi. 

“Özstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari körsatiş markazi” davlat korxonasida uşbu hisoblagiçlarni iqlimiy, vibratsion, portlaş xavfsizligi va metrologik xossalarini aniqlaş maqsadida davlat sinovlari ötkazildi va ijobiy natijalar olindi. 

YeTK, YeTW, MTK, MTW, MTHI turdagi suv hisoblagiçlari va ularning modifikatsiyalari quvur yölidan 1 MRa dan yuqori bölmagan bosimda oqib ötadigan sovuq va issiq suv hajmini ölçaş uçun möljallangan.

Hisoblagiçlarning işlaş prinsipi, oqib ötayotgan suv oqimining ta'siri ostida aylanadigan parrakning aylanişlar sonini ölçaşdan iborat. Suv oqimi setka-filtr orqali hisoblagiç korpusiga, söng kirgizma quyi qismining perimetri böyiça joylaşgan tangentsial teşiklar qatoridan ölçaş kirgizmasiga tuşadi. Ölçaş kirgizmasining içida maxsus tayançlarda magnitli parrak örnatilgan. Suv, parrak aylaniş zonasini ötib, ölçaş kirgizmasining yuqori qismidagi çiqiş tangentsial teşiklardan hisoblagiç korpusining qisqa çiqiş quvuriga tuşadi. Parrakning aylanişlar soni oqib ötayotgan suv hajmiga proporsional böladi.