2017 yilning 13 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlaşgan Arab Amirliklarining Toşkent şahridagi Elçixonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

TIV rahbari Afğonistonning Qandahor şahrida sodir etilgan terrorçilik hujumi oqibatida BAA gumanitar missiyasi vakillarining fojiaviy halok bölişlari munosabati bilan oçilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

BAAning Muvaqqat işlar vakili Roşid al-Mazruiy hamdardlik va dalda uçun Özbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi.