AQŞda dunyoda birinçi marta 26 antibiotikka çidamli superbakteriyadan öliş holati qayd etildi. Bu haqida BBC News xabar berdi.
2016 yilning avgustida Nevada ştatida yaşovçi ayol Hindistonda dam olib kelganidan keyin Qöşma Ştatlarga qaytdi va bexosdan öng oyoğini sindirib oldi. Sentyabr oyida 70 yoşli ayol septik şok natijasida hayotdan köz yumdi.
Kasalliklarni nazorat qiliş va davolaş markazi mutaxassislari töqima namunalarida Klebsiella pneumoniae bakteriyasini aniqlaşdi. U odatda kasalliklarni çaqirmay, içak, teri va oğiz böşliğining normal mikroflorasi tarkibiga kiradi.
Biroq bu safar aynan uning yangi ştammi amerikalik ayol ölimiga sabab böldi. Tadqiqotlarning körsatişiça, u AQŞda mavjud 26 antibiotikning barçasiga çidamli bölib çiqqan.
Britaniyadagi Antibiotiklarni tadqiq qiliş markazining boş ilmiy xodimi doktor Devid Braunning sözlariga köra, superbakteriyalar bilan kasallaniş holatlari favqulodda kam uçraydi, biroq kelgusida bunday holatlar köpayişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Antibotiklarga çidamlilik tabiiy tanlov natijasida rivojlanişi mumkin, bu esa bakteriyalar orasidagi mikroorganizmlarni dorivor preparatlarga qarşilik qiliş xususiyati bilan ta'minlovçi mutatsiyalarning kengayişiga olib keladi. Tibbiyot xodimlari superbakteriyalar tufayli yuzaga keluvçi kasalliklarni samarali davolaş imkonini beruvçi yangi usullarni işlab çiqişmoqda. Masalan, nonazarraçalarni qöllaş 92 foizgaça patogen mikroorganizmlarni öldirişga imkon beradi.

















