78 yoşida "Soyuzmultfilm" kinostudiyasining sobiq rahbari Ernest Rahimov hayotdan köz yumdi. Bu haqida Rossiya kinematografçilar ittifoqi bergan ma'lumotga asoslanib, "Moskva" yangiliklar agentligi xabar berdi.
"2017 yilning 17 yanvarida Rossiyada xizmat körsatgan madaniyat xodimi, prodyuser, faxriy kinematografçi, Rossiya kinematografçilar ittifoqi a'zosi Ernest Ahmedoviç Rahimov hayotdan köz yumdi", - deya xabar berildi taşkilotda.
Manbada ta'kidlanişiça, Rahimov eski multfilmlar tasvir va tovuş restavratsiyasi texnologiyalari ustida işlagan, şuningdek "Soyuzmultfilm" multfilmlarini xorijda namoyiş etilişiga sababçi bölgan. U prodyuser sifatida 20dan ortiq animatsion film yaratgan.

















