Ma'lumki, şu kunlarda "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatçilik muhokamasiga bağişlangan mediahaftalik bölib ötmoqda. Bugun 24 yanvar, seşanba kuni yana bir ustuvor yönaliş taqdimoti bölib, muhokamaga qöyildi - Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qilişning ustuvor yönalişlari.
Bugungi yönaliş böyiça taqdimotda davlat organlari vakillaridan - Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining örinbosari Nodir Jörayev, Oliy Majlis Senatining Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Botir Matmuratov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Akmal Burxonov va Nodirjon Muxtorov, Toşkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov, Özbekiston Advokatlar palatasi raisi Ravşan Ahmedov, Prezident huzuridagi Sudyalikka nomzodlarni tanlaş va tavsiya qiliş böyiça komissiya vakili Abduhamid Komilov, Boş prokuratura Axborot xizmati rahbar örinbosari Umid Muhammedov va Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Xolmömin Yodgorov iştirok etdi.
Mutaxassislar öz sohalari böyiça 2017-2021 yillardagi Harakatlar strategiyasiga kiritilgan bir qator loyihalar haqida söz yuritişdi. Unda sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlaş, sudlarni ixtisoslaştiriş, ma'muriy sudlarni taşkil qiliş masalalariga töxtalib ötildi. Yangi Harakatlar strategiyasiga kiritilgan loyihalardan biri sudyalarning huquqiy mustaqilligi nuqtai nazaridan ularga nisbatan muddat belgilanişini nazarda tutadi. Loyihaga köra, sudyalarga dastlab 5 yillik sinov muddati belgilanadi, keyingi muddat 10 yillikni öz içiga qamrab oladi, undan keyin esa muddatsiz davr tizimi joriy etiladi. Ta'kidlaş joizki, muddatsiz tizim tuşunçasiga 65 yoşgaça bölgan davr kiradi. Özbekiston Qonunçiligiga köra, 30 yoşdan oşgan mutaxassisgina sudya lavozimini egallaşi mumkin.

















