Tunis şahri 2017 yilda köçib ötiş uçun dunyoning eng arzon şahri röyxatiga boşçilik qildi. Bu reytingni yuk taksisi xizmatlarini taqdim qiluvçi Movinga nemis kompaniyasi mutaxassislari tuzişdi. 

Firma mutaxassislari  yangi joyda yaşaşning birinçi oyi, jumladan uy ijarasi, telefon ulaş, oziq-ovqat va transport uçun sarf-xarajatlarni hisoblab çiqişdi. Tunisda (Afrikadagi Tunis davlati poytaxti) bunga 398 dollar kifoya qiladi.
 
2-örinni Hindiston janubidagi Bangalor şahri 422 dollar bilan egalladi. Yetakçi uçlikni Qohira yakunlamoqda (532 dollar).

4-örin Buxarestga nasib qildi, bu yerda yaşaşning birinçi oyida 583 dollar talab qilinadi. 5-örin Kolumbiyaning Medeliniga nasib qildi. Bu şaharga köçib ötiş 603,6 dollarga tuşadi.

Yetakçi öntalikdan kamayib boriş tartibida Sofiya (Bolgariya), Kolumbiya poytaxti Bogota, Lagos (Nigeriya), Riga va Budapeşt şaharlari ham örin oldi.

Hammasi bölib reytingga 75 ta aholi punkti kiritilgan. Bu röyxatning sönggi örinini Angola poytaxti Luanda egalladi. Bu yerda yaşaşning birinçi oyi uçun 3,3 ming dollar kerak böladi.