2017 yil 13 yanvar kuni Qozoğiston respublikasi Manğistau viloyati perinatal markazida 3 egizak dunyoga keldi. Akmaral Jalajanova va Janserik Tuyakboyev oilasida tuğilgan farzandlar, nafaqat ota-ona, balki akuşerlarning ham hayratiga sabab böldi. Gap şundaki, deb yozadi Tengrinews.kz sayti, şifokorlar ikki çaqaloq tuğilişini kutişgan. Uçinçi gödak borligini Olmaota va Aqtouda ötkazilgan ultratovuş tadqiqotlari körsatmagan.
"Homilador ayol 28 dekabrda "homiladorlikning 31 haftasida yengil darajadagi preeklampsiya taşxisi bilan" şifoxonaga keltirilgan. 12 yanvarda bemorning ahvoli oğirlaşgani, qon bosimi 180ga 100 mmni taşkil etgani sababli jonlantiriş bölimiga ötkazilgan. 13 yanvarda esa jarrrohlik amaliyoti ötkazişga qaror qilingan. Ikkinçi bola olinganidan söng, uçinçi gödak yöldoşi aniqlandi va u ham dunyoga keldi", - deb hikoya qilgan perinatal markazi boş şifokor örinbosari, Japirak Yepenova. Jarrohlik amaliyotini ötkazgan Yepenovaning aytişiça, ayol homiladorligining 5 haftaligidan uşbu markazda körikdan ötadi, heç kim uning uç farzandni dunyoga keltirişini taxmin qilmagan. UTT ham buni aniqlay olmagan.
Akmaralning sözlariga köra, uning özi ham bunday bölişini kutmagan. Eru-xotinning 4 öğli bölgani sababli, ular qizçali bölişni orzu qilişgan.
"Men egizak bölişini bilardim. Çunki, şifokorlar şunday deyişgandi. Jarrohlik vaqtida ham men huşimda edim, uç egizak ekanini aytişganda, özimni juda baxtiyor his qildim. Barçaga şunday baxtni tilayman", - degan Akmaral Jalajanova.
Şunday qilib, ikki nafari qiz bölib, örtançasi öğil bölgan uç egizakka Madina, Nurislom va Ademi deya nom berişgan.

















