27 yanvar kuni Jizzax viloyatida böşab qolgan öringa Oliy Majlis Senati a'zosi saylovi bölib ötdi.

Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga köra, yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkazilgan saylov natijalariga köra, Jizzax viloyati hokimi, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengaşi raisi Uluğbek Uzoqov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylandi.

Şu kuni Surxondaryo viloyati markazi Termiz şahridagi "Yoşlar" markazi binosida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining böşab qolgan öringa Oliy Majlis Senati a'zosi saylovi böyiça qöşma majlisi bölib ötdi.

Yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkazilgan saylov natijalariga köra, Surxondaryo viloyati hokimi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengaşi raisi Erkinjon Turdimov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylandi.

Eslatib ötamiz, 17 yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Erkinjon Turdimovning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan edi. Bunga Erkinjon Turdimovning «xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengaşi deputati vakolati tugatilganligi» sabab qilib körsatilgan edi.

Xuddi şu kuni, «xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengaşi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan», Surxondaryodan saylangan Baxtiyor Begimqulovning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatilgan va Senatda Surxondaryoning bitta senatorlik örni böşab qolgan edi.

Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Jizzax viloyati hokimi almaştirildi