Inson ratsionida qandning me'yordan yuqori miqdorda bölişi soğliq uçun zarardir. Darhaqiqat, gazli içimliklar, konfetlar va qandolatçilik mahsulotlari nafaqat tişlarga ziyon yetkazadi, balki ortiqça vaznning paydo bölişiga ham sababçi böladi. Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi jurnali esa yangi tadqiqot natijalarini taqdim etdi, unga köra, şirin içimliklarni iste'mol qilgan kişilarda yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning ba'zi turlari rivojlanişi xavfi yuqori böladi.

“Qanday içimlik içişingizdan qat'i nazar - u şakar qöşilgan qahva böladimi yoki şarbat - yuqori miqdordagi qand semizlik hamda diabetga olib keladi va şu tariqa yurak xuruji va insult xavfi oşişiga sabab böladi”, - deydi Oranj-Koust Tibbiyot markazi qoşidagi Yurak va qon tomirlari instituti kardiologi Sanjiv Patel Healthline’ga bergan intervyusida.

Qand muqobillari ham zarar

Kuniga bir şirin içimlikni sun'iy şirinlaştirilgan içimlikka (masalan, parhezli gazirovkaga) almaştiriş ölim xavfini biroz pasaytiradi. Biroq agar ayol kişi bir kunda tört va undan köp şirinlaştirilgan içimlikni iste'mol qilsa, u yanada yuqori xavf guruhida böladi.

Qanday içimliklar zararli?

Şirinlaştirilgan gazli içimlik – şirinlik miqdori nuqtai nazaridan soğliq uçun ziyon hisoblangan içimliklarga yaqqol misol böla oladi. Bugunga kelib amerikaliklar sönggi ön yildagiga nisbatan ança köp şirin gazli içimliklarni iste'mol qilişmoqda.

“Qandning har qanday suyuq manbasi salomatlikka salbiy ta'sir körsatadi. Barça variantlarda ham qondagi qand va insulin miqdori keskin oşadi, söng pasayadi. Siz içimlikka 10 grammdan ortiqroq qand qöşişingiz mumkin, biroq oxir-oqibat bu ham qand hisoblanadi”, - deydi Klivlend salomatlik instituti qoşidagi klinika davolaş dasturining menejyeri Kristin Kirkpatrik.

Mahsulot etiketkasida qandni anglatuvçi 60 dan ortiq söz kelişi mumkin. Meva şarbati konsentrati tabiiydir, lekin bu - qandning bir şakli. Lavlagi soğliq uçun foydali, uning şarbati-çi? U ham qand.

Biroq bu eslatmalarni yodda saqlab qolişni istamasangiz, bir universal qoidani unutmang: içimlik suvi yaxşiroq.

Qand iste'molidan qanday voz keçiş mumkin?

“Şirin içimliklar örniga içimlik suvi – uzoq umr körişga turtki beruvçi soğlom tanlov demakdir”,