Turkiyaning Izmirida şarqona şirinliklar tayyorlaş böyiça çempionat bölib ötdi. Unda 11 ta davlatdan, jumladan Turkiya, Jazoir, Ozarboyjon, Tunis, Misr va Livandan qandolatçilar jamoalari musobaqalaşişdi.

Çempionatda Özbekiston oşpazlari uyuşmasi jamoasi ham qatnaşdi.  

Qandolatçilar 3 kun davomida öz mahoratlarini namoyiş qilişdi. Çempionatni mezbon jamoa vakillari milliy şirinliklardan badiiy kompozitsiyalar yaratib boşlab berişdi.

2-kun yakka va jamoaviy musobaqalar bölib ötgan. 3-kun esa çempionat iştirokçilari 3 ming metrlik tort tayyorlab, rekord örnatiş maqsadida birlaşişdi.

E'tiborlisi, çempionat yakunlariga köra boş sovrin – gran-prini Özbekiston vakili, uyuşma qoşidagi Xalqaro özbek pazandaçilik san'ati markazi bitiruvçisi Xilola Abzalova qölga kiritdi.