Oramizda şirinliklarni yaxşi köradiganlar köpçilikni taşkil qiladi. Biroq ularning kaloriyali ekanligi va şu bois qomatga ta'sir körsatişi haqidagi öylar bizga tinçlik bermaydi. Parhezşunoslar bu borada qayğurişga hojat yöqligi, zero qomat buzilişidan qörqmay, har kuni iste'mol qiliş mumkin bölgan şirinliklar ham mavjudligini aytişmoqda. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.

Bunday mahsulotlarga, eng avvalo, asal kiradi. U juda kaloriyali, buni unutmaslik kerak, lekin boşqa tomondan, asal foydali moddalarga şu qadar boyki, organizm uni juda yaxşi va asosiysi, samarali hazm qiladi.

Uşbu mahsulotni kundalik ratsionga qöşib, şamollaş bilan boğliq barça kasalliklardan va hatto tumovdan işonçli xalos böliş mumkin. Ekspertlar tavsiyasiga köra, asalni har kuni 3-5 qoşiqdan oşmagan miqdorda iste'mol qiliş kerak.

Şuningdek aççiq şokolad ham foydali hisoblanadi, zero uning tarkibiga kiruvçi barça komponentlari organizmni foydali moddalar bilan töyintiradi va energiya zaxirasiga ijobiy ta'sir körsatadi. Bundan taşqari, aççiq şokolad stressga çidamlilikni oşiradi, şu bois siz hatto oğir damlarda ham asabni asraşingiz mumkin böladi.

Foydali şirinliklar qatorida quritilgan mevalarning ham alohida örni bor. Töğri, mahsulot hammaga ham ma'qul kelmasligi mumkin, lekin yodingizda bölsin - bu mahsulotlar fruktoza va glyukozaga boy bölib, juda foydali hisoblanadi.