Özbekiston va Turkmaniston prezidentlarining topşiriqlarini amalga oşiriş doirasida Buxoro va Xorazm viloyatlari delegatsiyalari 4—5 fevral kunlari Turkmanistonning Lebap va Toşhovuz viloyatlariga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Taşrif doirasida ikki mamlakatning mazkur hududlari ma'muriy rahbarlari, işbilarmon doiralari va jamoatçilik vakillari iştirokida uçraşuv hamda muzokaralar ötkazildi.
Tomonlar qardoş davlatlar va xalqlar örtasida yuqori darajadagi işonç, özaro hurmatga asoslangan munosabatlarning şakllanişidan mamnun ekanliklarini izhor etdi.
Mintaqalararo darajada töğridan-töğri va qalin şerikçilik aloqalari, xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etişi ta'kidlandi.
Özbekiston delegatsiyasiga Lebap va Toşhovuz viloyatlarida joylaşgan işlab çiqariş korxonalari, madaniy yodgorliklar taniştirildi.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktabrida Qirğiziston delegatsiyasi Farğona vodiysiga döstlik safarini amalga oşirgandi. Keyinroq Özbekiston delegatsiyasi ham Qirğizistonning janubiy hududiga bordi.

















