Turkmanistonning Toşhovuzida dekabr oyida bir yildan ortiq vaqt davom etgan tergovdan söng mamlakat Savdo va taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligining «Toşhovuz» ulgurji-çakana firmasi işçilariga sud hukmi çiqarildi. Firmaning sobiq direktori Şarifboy Rayimboyev sanaladi, u Toşhovuz viloyatida yaşovçi özbek diasporasining yuqori lavozimni egallagan eng sönggi vakillaridan biri edi, deb xabar qildi «Turkmaniston muqobil yangiliklari».
Avvalroq, Şarifboy Rayimboyev yirik miqdordagi talon-torojliklar uçun qölga olingani xabar berilgandi.
Naşr ma'lumotiga köra, sud Şarifboy Rayimboyevni 15 yilga ozodlikdan mahrum qiliş haqida qarorni çiqardi. Jinoiy işda ismlari zikr etilgan boşqa şaxslar ham uzoq muddatlarga qamaldi. Boş buxgalter Vadim Xismatullin 7 yilga, quriliş böyiça buxgalter 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hammasi bölib 39 kişi jinoiy javobgarlikka tortildi hamda ularning bari Turkmaniston JKning tegişli moddalari böyiça aybdor deb topildi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toşhovuzning qator fuqarolari Turkmaniston prezidentidan bu hukmni qayta körib çiqişni söraşi uçun Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga murojaat qilmoqçilar, deb ta'kidlaydi naşr.
«Biz Şavkat Miromonoviçga maktub yozamiz, garçi Turkmaniston maxsus xizmatlari bunga xalaqit berişga urinişini ham bilamiz. Şuning uçun Şarifboy aka ustidan ötkazilgan sud haqidagi ma'lumotni e'lon qilişni iltimos qilamiz hamda özbek OAV bu ma'lumotni qayta joylaştirişiga umid qilmoqdamiz va şu tariqa u prezident Mirziyoyevga tezroq yetib boradi», - deya aytib ötgan naşr muxbiriga manbalardan biri.

















