Tojikiston xalq ta'limi vazirligi Akademiyasi qoşidagi ta'limni rivojlantiriş instituti maktab öquvçilari uçun öquv yili boşini 1 sentabrdan 1 avgustga köçirişni taklif qildi. Bu taklif Tojikiston ta'lim vazirligida örganilmoqda.
Hozirda Tojikistonda öquv yili 1 sentabrdan boşlanadi.
"Bizning taklif faqat maktablarga taalluqli", deb aytdi taklif taşabbusçilaridan biri, institut direktori Şarifmurod Isrofiliyon.
Isrofiliyonning aytişiça, bu taklif Tojikiston prezidenti nutqlaridan birida örta maktablar ta'lim jarayoniga özgartirişlar kiritişni tavsiya qilgandan keyin bildirilgan.
Ta'lim vazirligida bu taklif qöllab-quvvatlanmoqda. Vazirlik xodimlaridan biri Ehson Xuşbaxtning aytişiça, dunyoning turli davlatlarida maktablarda birinçi qönğiroq turli sanada çalinadi. "Qaysidir davlatda öquv yili 1 avgustdan, boşqasida 1 oktabrdan boşlanadi. Hattoki öquv yili 1 yanvardan boşlanadigan davlatlar ham bor", deb aytmoqda Xuşbaxt.
Bu orada ba'zi mutaxassislarning aytişiça, maktab ta'lim jarayoniga kiritilayotgan turli yangiliklar sababli öquvçilar bilim darajasi pasaymoqda. Milliy test markazining loyihasi ham öquvçilarning bilim darajasi pastligini körsatgan.

















