Agar AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp Kanada mahsulotlariga import bojini oşirsa, Kanada «javob çoralarini köradi». Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
«Agar bu ğoya qaçondir amalga oşiriladigan bölsa, Kanada tegişli tarzda javob qaytaradi», — degan Kanada TIV rahbari Xrist Friland.
Frilandning sözlariga köra, tariflarning oşirilişi AQŞning öziga zarar keltiradi: Kanada eksportining 75 foizi AQŞ hissasiga töğri keladi, AQŞning 35 ştati Kanada uçun asosiy eksport bozori hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, köpçilik tomonidan «izolyatsionist» deb baholanayotgan Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtidayoq AQŞni Şimoliy Amerika erkin savdo kelişuvidan (North American Free Trade Agreement, NAFTA) olib çiqiş va Meksika mahsulotlari uçun boj tölovini oşiriş rejasi haqida ma'lum qilgandi.

















