Turkiya politsiyasi Istanbul şahrida Reina tungi klubiga uyuştirilgan hujumning ehtimoliy taşkilotçisini qölga oldi, deb xabar bermoqda Haberturk.
Naşr ma'lumotiga köra, qölga olingan şaxs asli kelib çiqişi turkiyalik bölgan Fransiya fuqarosidir. Uning nomi aniq keltirilmagan. U IŞID terrorçilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanib qidirilayotganlar röyxatida bölgan. U terakt ijroçisi Abdulqodir Maşaripov berkingan xonadonlardan birini ijaraga olgan.
Huquqni muhofaza qiliş organlariga köra, qölga olingan şaxs 2009 yildan beri Fransiyada yaşab keladi.
Avvalroq Istanbulda Reina tungi klubida sodir etilgan terakt ijrosisi Abduqodir Maşaripov hibsga olingani haqida xabar bergandik.

Tungi klubga qurolli hujum 1 yanvarga ötar keçasi röy bergan. Terrorçi klubni qöriqlayotgan politsiya xodimini otib öldirib, bino içiga otilib kirgan hamda taşrif buyurganlarga qarata öt oçgan. Hujum oqibatida dunyoning 13 davlatidan bölgan 39 nafar inson halok böldi, 70 kişi jarohatlandi. Terakt uçun mas'uliyatni IŞID öz zimmasiga oldi.

















