Özbekiston boş vaziri örinbosari Rustam Azimov OAVda mamlakat prezidentining Rossiyaga rasmiy taşrif bilan borişiga tayyorgarlik körilayotgani haqida tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Kun muxbirlari iştirok etgan Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning ön sakkizinçi majlisi vaqtida ma'lum qilingan.
«Mazkur komissiya yiğilişi Özbekiston Respublikasi prezidentining Rossiyaga aprel oyida uyuştiradigan davlat taşrifiga tayyorgarlik köriş jarayonining asosiy bosqiçi sanaladi», — degan Rustam Azimov.

Şavkat Mirziyoyevning bölajak taşrifi uning yangi lavozimga rasman kirişganidan keyingi ilk taşrif bölişi va bu ikki mamlakat örtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqiçini boşlab berişi ta'kidlandi.
Bundan oldinroq Özbekiston prezidenti şu yilning aprelida Moskvaga rasmiy taşrif bilan borişi haqida xabarlar berilgandi. Taşrifning aniq sanasi haqida ma'lumot yöq, ba'zi manbalarga köra, bu taşrif 5 aprel kuni amalga oşiriladi.
Ayni vaqtda prezidentning Rossiyaga safariga tayyorgarlik jarayoni boşlab yuborilgan. Şavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazişdan taşqari, Davlat dumasi vakillari bilan ham uçraşişi rejalaştirilgan.
















