Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov britaniyalik hamkasbi Boris Jonsonga maktub yölladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Men Sizni muhim sana – Özbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabriklaşdan bağoyat mamnunman. Özbekiston Buyuk Britaniyani muhim xalqaro şerik hamda dunyoning ulkan siyosiy, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega bölgan yetakçi va nufuzli mamlakatlaridan biri sifatida qabul qiladi”, - deya ta'kidlab ötdi Komilov.
Uning sözlariga köra, özbekistonliklar ötgan davr mobaynida Buyuk Britaniya bilan örnatilgan dinamik va teng huquqlilikka asoslangan munosabatlarni yuqori baholaydi. Uşbu munosabatlar tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi.
Işonçimiz komilki, sönggi yillarda Özbekistonga 40dan ortiq Buyuk Britaniya delegatsiyalarining taşrif buyurişi ikki mamlakatning ham özaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantiriş tarafdori ekanligidan dalolat beradi.
“Qayd etiş lozimki, bugun mamlakatlarimiz öz yangi tarixida muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni boşdan keçirayotgan bir paytda Özbekistonda Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiliş istiqbollariga işonç bilan qaraladi. Mamlakatimiz uçun muhim bölgan uşbu davrda Buyuk Britaniya hukumati va xalqining qöllab-quvvatlaşini yuqori baholaymiz hamda Sizning örinbosaringiz janob Alan Dunkanning Özbekistonga taşrifini ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaş borasidagi Buyuk Britaniya samimiy qiziqişining tasdiği sifatida qaraymiz”, - ta'kidlab ötdi u.
Taşqi siyosat idorasi rahbarining sözlariga köra, Özbekiston özaro taşriflar almaşiş amaliyotini davom ettiriş, siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik, iqtisod va sanoat, ilğor texnologiyalar, madaniyat va san'at, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş sohalaridagi Buyuk Britaniya bilan şerikçilikni yanada izçil rivojlantiriş tarafdori.
“Aminmanki, özaro hurmat va tomonlar manfaatlarini hisobga oliş tamoyillariga asoslangan Özbekiston-Buyuk Britaniya aloqalari mamlakatlarimiz farovonligi va manfaatlari yölida bundan-buyon ham mustahkamlanadi. Janobi Oliylari, Sizga bölgan yuksak ehtiromimni qabul etgaysiz”, - deya xulosa qilgan Abdulaziz Komilov.

















