Qozoğistondagi Boyqönğir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyasiga «Progress» fazo kemasi uçirildi. Bu haqda Roskosmosga tayangan holda Rossiya OAV xabar qilmoqda.
«Progress MS-05» fazo kemasi örnatilgan «Soyuz-U» taşuvçisi belgilangan vaqtda havoga kötarildi. Uning XKS bilan ulanişi 24 fevralga belgilangan.
Ta'kidlanişiça, uşbu parvoz «Soyuz-U» raketalari uçun oxirgisi böldi. Ularning örnini modernizatsiya qilingan «Soyuz-2» raketalari egallaydi.
Eslatib ötamiz, «Soyuz-U» raketasining «Progress MS-04» yuk kemasi bilan birga 2016 yil amalga oşirgan parvozi omadsizlikka uçragan edi.

















