NanoFlowcell Quant 48Volt elektromobili törtta elektromotor bilan jihozlangan bölib, umumiy quvvati 760 ot kuçiga ega. Maşina heç qanday yonilğisiz ming kilometrlik masofani bosib ötişi mumkin.
Yaratuvçilar katta avtonomlikka innovatsion akkumulyatorlar yordamida erişişdi. Oqadigan batareyalarda, oddiy batareyalardan farqli ravişda elektrolit nasoslar yordamida oltita yoqilği bölinmasi orqali qabul qilib olinadi, bu esa kondensator uçun elektr quvvati işlab çiqişga olib keladi. Oqadigan batareyalar zaharli emas hamda elektromobil YTHga uçrasa xavfsizdir. Elektrolitlar aylanadigan akkumulyatorlar işlaş jarayonida özini-özi quvvatlaşi mumkin, yoki oddiy benzin kabi yangi enerogosuyuqlik yordamida harakatlanadi. Model nomlanişi - Quant 48Volt’da ham past voltli kuç qurilmasini işlatiş aks ettirilgan, yaratuvçilar uni eng yengil, eng xavfsiz, elektromotorning ekologik toza va ixçam turi sifatida körişmoqda.

Yangi elektrokarning maksimal tezligi soatiga 300 kilometr bölib, 100 kilometr soat tezlikka 2,4 soniyaga çiqişi mumkin. NanoFlowcell kontsept-kari kötariladigan “baliqçi quş qanotlari” eşigi va tört kişiga möljallangan salonga ega.
NanoFlowcell Quant 48Volt Jyenevadagi avtosalonda namoyiş etiladi.

















