Maldiv respublikasi hukumati orollaridan birini Saudiya Arabistoniga 99 yilga ijaraga berişi mumkin, deb yozmoqda Times of India naşri.

Gap Faafu atolli haqida bormoqda. U 18ta orolçalardan taşkil topgan bölib, ularda 6 mingga yaqin kişi istiqomat qiladi. Atoll 2014 yilda qabul qilingan maxsus iqtisodiy hududlarga doir qonun negizida ijaraga berilişi mumkin. Mazkur qonun xorijiy kompaniyalarga atollarni 99 yilga yoki çeklanmagan muddatga ijaraga berişga ruxsat beradi. Çeklanmagan muddatga ijaraga oliş uçun kompaniya respublikada röyxatdan ötgan bölişi hamda uning 51 foizi mamlakat fuqarosiga tegişli bölişi lozim. 

Rasman bu rejalarni ikki mamlakat hukumatlari tasdiqlagani yöq. Biroq, avvalroq, Maldiv prezidenti Abdulla Yamin Saudiya Arabistonining atolldagi "loyihasi" haqida söz yuritgan edi. Davlat rahbari yer sotilmasligi, batafsil ma'lumot berilmasligini esa muzokaralar davom etayotgani bilan izohlagandi. 

Maldiv OAV ma'lumotlariga köra, loyihaning özi orollarda qayta quriş işlarini olib boriş orqali atollni yirik elita turarjoylari joylaşgan hududga aylantirişni közda tutadi. Bu yerda sayyoradagi eng badavlat insonlar istiqomat qilişlari va dam olişlari mumkin böladi. Ijaraga beriş haqidagi xabarlar Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdul Aziz al Saudning mintaqa mamlakatlariga taşrifi doirasida respublikaga kelişi arafasida paydo böldi. Bu öz navbatida muxolifatning keskin noroziliklarini keltirib çiqardi. 

Xususan, Maldiv demokratik partiyasi vakili, respublikaning sobiq TIV rahbari Ahmad Nasim Times of India naşriga bergan izohida hukumat atollni ijaraga beriş borasida aholi fikrini örganmaganidan noroziligini bildirgan. 

Naşrning qayd etişiça, atollning Saudiyaga ijaraga berilişi ehtimoli Hindiston hukumatining ham xavotirlariga sabab bölmoqda. Çunki, bu Ar Riyodning Hind okeanidagi ta'sirini kuçaytiradi.