O‘tgan hafta mobaynida xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi. Ana shu xabarlarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

AQSh yetakchisi Donald Tramp gubernatorlarning har yillik bazmida prezidentligining birinchi to‘rt haftasi juda quvnoq o‘tganini ma'lum qildi.
YeI Kengashi ittifoqning uchinchi mamlakatlar bilan vizasiz tartibni vaqtincha to‘xtatish mexanizmini hamda Gruziyaga vizasiz tartibni joriy qilish qarorini qabul qildi. Oradan ma'lumbir vaqt o‘tib, aniqrog‘i 1 mart kuni ukrainaliklar ham YeIga vizasiz kira olishadigan bo‘ldi.
Yaqinda GM Uzbekistan kompaniyasi Ukrainada Ravon brendining modellar qatorini ko‘paytirgani va R4 modelini seriyali ishlab chiqish yo‘lga qo‘yganini e'lon qilgan edi. Endi yangi arzon toifadagi sedan Ukrainada ham sotilishi ma'lum bo‘ldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekka tashrif bilan keldi. Muzokaralar davomida Rossiya prezidenti Kant bazasini Qirg‘izistonga Rossiya yordami kerak bo‘lmaydigan bo‘lsa, yopishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, Putin Rossiya-Qirg‘iziston muzokaralari yakuni bo‘yicha ushbu mamlakatga byudjyetni barqarorlashtirish uchun grantlarning umumiy miqdori 225 million dollarni tashkil etganini xabar berdi.









