Britaniyalik taniqli siyosatçi, sobiq boş vazir Toni Bler Yaqin Şarqqa Vaşington orqali qaytmoqçi.

Daily Mail naşrida yozilişiça, u maxfiy ravişda Oq uyda bölgan. U Donald Trampning kuyovi, şu bilan birga uning boş maslahatçisi Jared Kuşner bilan uçraşgan.

France Press agentligining yozişiça, tomonlar Bler AQŞ prezidentining Yaqin Şarq masalalari böyiça maslahatçisi lavozimini egallaşi imkoniyatlarini muhokama etişgan.

Manbaning ma'lumotiga köra, bu ularning ötgan yil sentabr oyidan buyon uçinçi uçraşuvi hisoblanadi.

Toni Bler 2007 yildan 2013 yilga qadar Yaqin Şarq masalasi böyiça maxsus elçi bölgan va arab-yahudiy ziddiyatini tinç yöl bilan hal qiliş ustida işlagan. Uning bu boradagi tajribasi Oq uyda yuksak qadrlanayotgani aytilgan va uning Tramp jamoasida paydo bölişi ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Agar Tramp bu vazifani Toni Blerga topşirsa, Iroq uruşidan keyin xalqaro maydonda obrösi keskin tuşib ketgan siyosatçining hayratomuz qaytişi böladi.

Bundan oldinroq Bler Iroq kampaniyasidagi xatosini tan olgandi va mas'uliyatni zimmasiga olgandi.

Eslatib ötamiz, uning taşabbusi bilan qamoqdan ozod qilingan terrorçi keyinçalik Mösulda yirik portlaş sodir etgandi.