Rossiyaning Tuva Respublikasidagi Ak-Dovurak şahrida bir oila – er-xotin va ularning 2 nafar norasida qizlarining qotilligi böyiça 2 nafar qiz qölga olindi.

Avvalroq er-xotin köplab piçoq jarohatlaridan, ularning farzandlari esa vannaxonada suvga çöktiriliş oqibatida halok bölganlari ma'lum qilingandi. 

Respublika tergov boşqarmasida ma'lum qilinişiça, qotillikni sodir etiş gumoni bilan şu şaharda yaşagan 19 va 25 yoşli opa-singillar hibsga olingan. Tergovçilarning taxminiga köra, bu ayollar öldirilgan oila boşliği bilan 3 mart kuni uning uyida spirtli içimliklar içib ötirişgan. Erkakning rafiqasiga bu holat yoqmagan va u bilan qizlar örtasida janjal çiqib, muştlaşuvga aylanib ketgan. Oqibatda oilaning barça a'zolari öldirilgan. Jinoyatçi qizlar öz qilmişlarining izini yaşiriş uçun uyga öt qöyişgan. Keyinroq qurbonlarning qöşnilari tutun hidini sezib, öt öçiruvçilarni çaqirtirişgan. Aynan öt öçiruvçilar jasadlarni aniqlaşgan.   

Ayni vaqtda ikki qiz ham hibsga olingan. Tergovçilar voqeaning töliq suratini tiklaş uçun ularni söroq qilişmoqda. Yaqin orada jinoiy iş materiallari sudga topşiriladi. Tergov davom etmoqda.