Ukrainaning PassivDom kompaniyasida yaratilayotgan uylar butunlay avtonom va “aqlli”dir. Şuning uçun özingizga yoqqan joyda hayot keçirişingiz mumkin. Startap saytida aytilişiça, 3D-texnologiyasi qöllangan holda yaratilgan özi örganuvçi avtonom modulli uylar işlab çiqaradi. Işlab çiqaruvçining ta'kidlaşiça, isitiş uçun heç qanday yoqilği talab etmaydigan butunlay avtonom boşpana qurişi mumkin, uni yaratişda işlatilgan konstruksiya va materiallar esa uyni barça iqlim şaroitlariga mos kelişiga imkon beradi.
«Modul faqatgina ekologik sof quyoş energiyasini işlatadi: bunda iqlim-nazorati (isitiş va sovutiş), suvni yuzaga keltiriş, havo sifati nazorati va kislorodning mavjudligi ham inobatga olingan. Uy barça maişiy anjomlar uçun mustaqil ravişda elektroenergiya işlab çiqaradi», - deyiladi kompaniya saytida.
Uy devorlari 3D-bosma orqali uglerod tolasi va şişaplastikdan yaratiladi, tomlarga esa quyoş panellari örnatiladi.

Ayni damda uyning ikkita nusxasi buyurtma uçun mavjud – modulOne va modulDva. Birinçisi – maydoni 36 kvadrat metrni taşkil etuvçi kiçik nusxa. Uning asosiga uyning özi, bezaş, mebel, gaz va işlovçi isitiş tizimi, havo tozalaş tizimi, sovutiş, suv quvuri va kanalizatsiya kiradi.

Ikkinçi nusxa – modulDva esa bir neça qismdan iborat bölgan modulli uyni quriş imkonini beradi. Şuning uçun avval 72 “kvadrat”dan iborat bölgan kiçik uyni xarid qiliş, keyin esa uni kerakli paytda kengaytiriş ham mumkin.
ModulOne narxi boşlanğiç model uçun 29 900 yevrodan boşlansa, tölaqonli nusxa 59 900 yevro turadi.
ModulDva biroz qimmatroqqa tuşadi: “avtonom” funksiyalarsiz uyning özi 74 900 yevroga baholangan. Butunboşli aqlli va kommunikatsiyalardan erkin bölgan uy esa qariyb yuz ming yevro turadi.

















