Bugun Sino tuman ma'muriyati işçilari poytaxt hokimligi binosini buzişga kirişişdi. Bino atrofida çuqurlar qazilgan; yaqin ikki kun içida hokimlik tösiq bilan öraladi va kapital buziliş amalga oşiriladi. Hozirda hokimlikdan qolgan mebellar olib çiqilmoqda, elektr tizimi öçirilmoqda. Bu haqida AsiaPlus naşri xabar berdi.
Hokimlik, Tojikiston qişloq xöjalik vazirligi, Eron elçixonasi va bir neça turar-joy kompleksi örniga parlament majmuasi quriladi.
"Tojikiston parlament majmuasi binosi Tehron köçasi hududida bunyod etiladi. Uşbu hududda joylaşgan barça binolar buziladi, yangi qurilgan inşootlargina bundan mustasno", - dedi şahar ma'muriyati manbai.

Majmuaning qurilişi Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalaştiriladi. Tojikiston prezidentining 2016 yil yanvarida Saudiyaga qilgan safari davomida erişilgan kelişuvlarga köra, Saudiya qiroli taşabbusi bilan Duşanbeda parlament majmuasini qurişga zarur mablağ ajratiladi.
Duşanbe ma'muriyati binosi ötgan yuz yillikning 50-yillarida qurilgan.


























