Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22-23 mart kunlarida Qozoğistonga taşrifini amalga oşiradi. Bu haqda bugun Qozoğiston TIV rahbari Qayrat Abduraxmanov majlisdagi hukumat soatida ma'lum qilgan.
«Özbekiston Respublikasi prezidenti 22-23 mart kunlari Qozoğistonda böladi. Ostonaga Markaziy Osiyo davlatlarining bir qança davlatlari rahbarlari taşrif buyurişidan keyin biz Markaziy Osiyo davlatlari oldimizda turgan transmilliy xususiyatdagi masalalar qarşisida birlik namoyon etayotganini körişimiz mumkin», - degan Abduraxmanov.
U Markaziy Osiyo mamlakatlari oldidagi barça muammolar umumiy qaraşlar, oqilona yondaşuv va an'anaviy birodarlik munosabatlari orqali hal qilinişini ta'kidlagan.
Eslatib ötamiz, fevral oyining ikkinçi yarmida Özbekiston Respublikasi va Qozoğiston Respublikasi örtasidagi ikki yoqlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning 16-yiğilişida Şavkat Mirziyoyev prezident sifatidagi ilk taşrifini aynan Qozoğistonga amalga oşirişi ma'lum qilingandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari Açilboy Ramatov aytib ötgandi.
Undan oldinroq esa Şavkat Mirziyoyev aprel oyi boşida Moskvaga rasmiy davlat taşrifi bilan borişi haqida xabar berilgandi.
Amalda esa Şavkat Mirziyoyev ilk davlat taşrifini 6-7 mart kunlarida Turkmanistonga amalga oşirdi.

















